MChJ «NOBEL PHARMSANOAT» ChEKning SIFAT TIZIMI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING XAVFSIZLIGI DOIRASIDAGI SIYOSATI

2000 yilning iyul oyida « Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.» kompaniyasining xalqaro sarmoyalar dasturi asosida O’zbekiston Respublikasida Ma'suliyati Cheklangan Jamiyati «Nobel Pharmsanoat» Chet El Farmatsevtik Korxonasi tashkil etildi.

2000 yilning iyul oyida « Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.» kompaniyasining xalqaro sarmoyalar dasturi asosida O’zbekiston Respublikasida Ma'suliyati Cheklangan Jamiyati «Nobel Pharmsanoat» Chet El Farmatsevtik Korxonasi tashkil etildi.

Bizning vazifamiz:  o’zgarmiydigan qadriyatlarga ega bo’lgan dunyo miqyosidagi ishonchli kompaniya bo’lishdir.

Korxonamiz o’z oldiga qo’ygan maqsadi va strategiyasi: xalqaro sifat standartlari talablariga javob beradigan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishdan, O’zbekiston bozorini mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarilgan sifatli va keng ta’sir kuchiga ega, raqobatbardosh dori vositalari bilan to’laqonli ta’minlashdan  iboratdir. Biz o’z ta’minlovchi va targ’ibotchi (distribyutor) hamkorlarimiz bilan uzoq muddatli, mustahkam va  samarali aloqalar o’rnatishga intilamiz. Shuningdek, eksport hajmi va geografiyasini yanada kengaytirish y’olida tinimsiz mehnat qilmoqdamiz.

Korxona bosh rahbariyati, sifat soxasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Siyosatini (bundan buyon matnda Sifat siyosati), hamda zarur manbalar bilan ta’minlanishni, ISO 9001 «Sifat menedjmenti tizimi» (SMT), ISO 22000 «Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi menedjmenti tizimi» (ОМХМТ) va EU GMP «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti» xalqaro standartlari asosida umumlashgan sifat menedjment tizimi asosida faoliyat olib borishi uchun qulay sharoit yaratishni, ularni uzluksiz takomillashtirish va samaradorligini amalga oshirish bo’yicha to’liq javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

          Ushbu Sifat siyosati, korxonaning SMT, GMP va ОМХМТni boshqaruv vositasi sifatida ko’rib chiqadi va MChJ «Nobel Pharmsanoat» ChEKning SMT faoliyatini ustivor yo’nalishlarini birlashtirib, ish olib boradi:

1. Dori vositalari ishlab chiqarish jarayonlarini milliy va xalqaro SMT, ОМХМТ va GMP standartlari talablariga ko’ra maqbullashtirish.

2. Tizimda o’rnatilgan  qonun talablari bilan birgalikda iste’molchilarning talablarini inobatga olgan  holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash.

3. Ish faoliyatining har bir bosqichida uzluksiz ravishda sifatni oshirishni rejalashtirish, tadbiq etish va  amalga oshirish.

4. Iste’molchilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ishlab chiqarish jarayonlarini ritmik va uzluksiz ravishda olib borish va doimiy sifatni ta’minlash.

5. Aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, dori vositalari assortimentini doimiy ravishda kengaytirish, shuningdek yangi savdo bozorlarini kengaytirish.

6. Korxona hodimlarining vakolatlarini va malakasini muntazam ravishda oshirib borish, hamda ish faoliyati natijasini oshirish maqsadida rag’batlantirish.

 

Hujjat kodi: ПК-01
          Tahrir: 06
          Sana: 15.10.2021