“Nobel” – ishlash uchun beqiyos

“Nobel” – ishlash uchun beqiyos
Nobel kompaniyasida biz mehnat sharoitlarini yaxshilash va xodimlarimiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida "Hayot", kadrlar oʻsishiga oid rejalarni ishlab chiqish uchun "Karyera", taʻlim va rivojlantirishga qaratilgan "Rivojlanish", universitet va talabalar bilan hamkorlik qilish uchun "Kampus" kabi loyihalarimiz bilan “Siz uchun beqiyos” tushunchasini Nobel hayotiga joriy qilmoqdamiz.

“Nobel” hayoti

Ham xodimlarimiz, ham potentsial nomzodlarimiz uchun biz “Nobel”ni eng yaxshi ish joyiga aylantirmoqchimiz. “Nobel” xodimlarining jismoniy, aqliy va hissiy tajribalariga chiroq tutuvchi fokus-guruh anketa va tadqiqot natijalariga muvofiq Kompaniyamiz harakat rejalarini ishlab chiqamiz va amalga oshiramiz.

Boy tajribalarimizni oʻrtoqlashish, boʻlimlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani yaxshilash, shuningdek, xodimlarning ishtiroki va saviyasini oshirishga qaratilgan bir qancha tatbiqotlarni joriy qilamiz Sindromsiz dushanba, moslashuvchan ish soatlari, bosh menejer bilan nonushta, ochiq eshik uchrashuvlari, “Nobel” mukofotlari, “Nobel” bolalar kuni, ijtimoiy tadbirlar (Bouling turniri, "Yozga hush keldingiz” tadbiri), ijtimoiy masʻuliyat loyihalari shular jumlasidandir.

“Nobel”da karyera

“Nobel”ning har bir xodimi alohida isteʻdod sifatida qabul qilinadi va biz jipslashgan jamoada ishlashning muhim ekaniga aminmiz. Bizning asosiy ustuvor vazifalarimiz tegishli nomzodlarni toʻgʻri lavozimga tayinlash, isteʻdodni rivojlantirish jarayonini boshqarish va ularning malakasini oshirish, "Nobel" liderlik malakalarini oshirish, "Mening martaba yoʻlim" ilovasi orqali turli lavozim imkoniyatlarini taklif qilish va “Nobel”ning barcha xodimlari bilan uzoq muddatli hamkorlikni taʻminlashdir.

“Nobel İlaç” Karyera Retseptlari Staj Dasturi bilan, biz munosib kelajak yaratish, innovatsion va nostandart dunyoqarashga ega, farqlilik yaratuvchi qobiliyatli yoshlarni kelajakka tayyorlaymiz.

“Nobel”da kamolot

Biz doimo rivojlanishni qoʻllab-quvvatlaydigan va ruhlantiradigan ish muhitini yaratmoqdamiz.

Samaradorlikni boshqarish tizimimiz bilan “Nobel” xodimlarining faoliyatini, kompaniya maqsadlariga mos shaxsiy maqsadlarini toʻgʻri va muntazam baholaymiz va xodimlarimizning kamoloti uchun doimiy ochiq sohalarda qoʻllab-quvvatlaymiz.

Biz komillik negizida, texnik va fokus-guruhlar asosida treninglar oʻtkazish orqali kompaniyamizni rivojlantirishning kompleks istiqbollari doirasida faoliyat koʻrsatamiz. Xodimlarimizga boʻlgan diqqat-e’tiborimiz, innovatsion yondashuvlarimiz, jamoaviylikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi tushunchalarimiz bilan bizlar darhaqiqat mazkur jarayonlarda birgamiz.

“Nobel Kampus”

“Nobel Kampus” dasturi orqali biz farmatsevtika sanoatida yarim asrdan koʻproq vaqt davomida toʻplagan tajribamizni kampuslarga keluvchi universitet talabalari bilan oʻrtoqlashamiz va ularning karyera muvaffaqiyatini oshirishiga koʻmaklashadigan tatbiqotlar bilan kadrlarni shakllantiramiz.

Biz universitet talabalarining fabrikamizga ziyoratlarini tashkil qilib, samarali va qiziqarli muloqot negizida ishlab chiqarish korxonalari va menejerlarimiz bilan tanishtiramiz.