Duzjedagi ishlab chiqarish korxonasi

Duzjedagi ishlab chiqarish  korxonasi
Duzje ishlab chiqarish korxonasi yuqori texnologiyali uskunalari va toʻliq avtomatlashtirilgan, inson ishtirokisiz , yuqori texnologiyali ombori bilan “Nobel Ilaç” tarkibida 2000 yildan buyon faoliyat koʻrsatmoqda.

40 000 kvadrat metrga yaqin yopiq maydonga ega boʻlgan korxonamizda GMP talablariga eng yuqori darajada javob berilmoqda va ekologik toza barqaror texnologiyalardan foyalangan holda ishlab chqarish amalga oshirilmoqda.

Bizning kompaniyamiz yuqori tezlikka ega eng yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish va qadoqlash mashinalari va avtomatlashtirish tizimlari bilan jihozlangan boʻlib, ıshlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda takomillashtirib, asboblarni tejamkorlik va toʻgʻri qoʻllash bilan birlashtirilgan ishlab chiqarish korxonamizda, “Industri 4.0” loyihasi bizning uzoq muddatli transformatsiya siyosatimizning muhim qismidir.

Nobel İlaç kompaniyasi oʻz mahsulotlariga qoʻshimcha ravishda turli xil mahalliy va xalqaro kompaniyalar uchun mahsulot ishlab chiqarishni ham amalga oshiradi. Bizning ishlab chiqarish majmualarimiz, Turkiya Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligidan tashqari, Evropa Ittifoqi, Ukraina, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Belorussiya xalqaro tashkilotlari tomonidan sinovdan oʻtmoqda va yaxhsi ishlab chiqarish amaliyoti nuqatai nazaridan tasdiqlanmoqdadir.

Bizning ishlab chiqarish majmuamiz sifat, ekologiya, xavfsizlik va mehnat salomatligi boʻyicha ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 sertifikatlariga ega.

Duzjedagi korxonamizda ishlab chiqariladigan barcha dori shakllari jahon standartidagi Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) talablariga javob beradi.

Qattiq dori shakllari: Tabletkalar, Plyonka Qobiq Bilan Qoplangan Tabletkalar, Kapsulalar, Drajelar, Kukunlar, Sashe, Granulalar

Suyuq dori shakllari: Sirop, Suspenziya, Eritma, Emulsiya, Sprey

Yarim qattiq dori shakllari: Surtma, Pomad, Gel

Suyuq steril dori shakllari: İnyektsiyalik Flakonlar, Bir Martalik Shpritslar