Duzjedagi Farmatsevtika Ilmiy Tadqiqot Markazi

Duzjedagi  Farmatsevtika Ilmiy Tadqiqot Markazi
Ilmiy Tadqiqot Markazi 65 tadqiqotchi bilan birgalikda jenerik formulalarni ishlab chiqish uchun yangi tashuvchi tizimlarni tatbiq qilish borasida katta tajribaga ega markazdir.

Qattiq dori shakllari (an’anaviy / oʻzgartirilgan / taʻsir muddati uzaytirilgan tabletkalar, ikki qatlamli tabletkalar, kapsulalar, ADT, eriydigan granulalar, chaynaladigan tabletkalar, pastila va mikropelletlar), suyuq dori shakllari (eritmalar, suspenziya, siroplar, tomchilar); yarim qattiq dori vositalari (surtma kremlar, pomad, gel va losyonlar), sefalosporin antibiotiklari, parenteral preparatlar (liyofilizatsiyalangan mahsulotlar, tayyor shpritslar, flakonlar) va quruq kukun uchun ingalyatorlar bizning mutaxassislik sohalarimiz hisoblanadi.

“Nobel İlaç” ilmiy-tadqiqot markazi patent boʻlimi bilan birgalikda original mahsulotlar uchun patent talablariga mos innovatsion formulalar va patent murojaatnomalarini yaratish tajribasiga ega.

Formulyatsion rivojlantirish faoliyatlaridan tashqari, bizning kompaniyamiz tegishli texnologik baholashlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarish usullarini tayyorlaydi va eng samarali shaklda mahsulotni ishlab chiqarish sohalariga texnologik transferini amalga oshiradi.

Ilmiy Tadqiqot Markazimiz formulalarni ishlab chiqishdan tashqari, xomashyo va tayyor mahsulotlar uchun analitik metodlarni rivojlantirish, shuningdek, rovijlantirilgan usullarni tekshirish uchun javobgardir. Farmatsevtika formulalarini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yuqori darajadagi analitik tadqiqotlar talab qilinadi. Shu sababli, ishlab chiqilgan formulalar boʻyicha ishlab chiqarilgan dorilarning xavfsizligi, belgilangan usullar bilan tahlil qilinadi. Bizning ilmiy-tadqiqot markazimiz analitik laboratoriyalar tomonidan yaratilgan eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan.