“Nobel İlaç” korxonasining Ilmiy Tadqiqot Markazi

“Nobel İlaç” korxonasining Ilmiy Tadqiqot Markazi
“Nobel Ilaç” kompaniyasi butun dunyodagi bemorlarning sogʻlom va sifatli hayot kechirishi talablariga javob beradigan samarali, xavfsiz, innovatsion iqtisodiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali insonlar salomatligiga xizmat gilish maqsadida faoliyat koʻrsatmoqda.    

“Nobel İlaç” kompaniyasi yarim asrdan ortiq tarixga ega boʻlib, yuqori malakali mutaxassislar bilan birgalikda, kompaniya tashkil etilgan kundan boshlab ilmiy-tadqiqot markazining ish madaniyatiga asoslangan holda oʻz faoliyatini olib boradi va ilmiy-tadqiqot markazi laboratoriyalarining ilgʻor texnologiyalari tufayli 3 joyda faoliyat koʻrsatadi.

  • Duzje shahridagi farmatsevtika ilmiy-tadqiqot markazi
  • Marmara Teknokent ilmiy-tadqiqot biotexnologiya markazi (MARTEK)
  • “Ulkar Kimya” korxonasining Ilmiy Tadqiqot Markazi

“Nobel İlaç” ilmiy-tadqiqot markazining strategiyasi, xolding strategiyalariga muvofiq innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishga asoslangan. “Nobel İlaç” mahsulotlarining 95%i va 39 mamlakatda litsenziyalangan barcha farmatsevtik preparatlar oʻz ilmiy-tadqiqot markazimizda olib borilgan tadqiqotlar natijasida yaratilgan.

Ilmiy-tadqiqot markazida olib borilgan tadqiqotlar Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy qilingan “Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” (GMP) va “Tegishli laboratoriya amaliyoti” (GLP) qoidalariga muvofiq , milliy va xalqaro qoida va koʻrsatmalarga mos ravishda amalga oshiriladi.