Inson resurslariga yondoshuvimiz

Inson resurslariga yondoshuvimiz
Kompaniyamizda xodimlar mamnuniyatini qadrlaydigan, kompaniya faoliyatida xodimlarning faol ishtirokini va har tomonlama rivojlanishiga koʻmaklashadigan Inson Resurslari tamoyillari amal qiladi.

"Siz uchun beqiyos" shiori ostida, oʻz ishlari bilan faxrlanish va doimiy rivojlanish imkoniyati mavjud boʻlgan, shu bilan birga martaba pillapoyasida yuksalish imkoniyati taqdim etilgan holda xodimlarimiz mamnuniyatini qoʻllab-quvvatlamoqdamiz.

Tenglik va xolislik tamoyillari doirasida dini, tili, irqi, jinsi va etnik kelib chiqishidan qatʻi nazar, har qanday sohada tolerant ishlashga intilamiz.

Bizlar “Nobel” da doimo oʻzgarishlarga ega chiqishga intilamiz. Kompaniya imkoniyatlaridan foydalanamiz, barcha jarayonlarni oʻzgartirib, toʻsiqlarni bartaraf etishda qatʻiyat va ishonchimizni namoyon etamiz.

Bizlar “Nobel” da faol qarorlar qabul qilamiz. Noaniqliklarni bartaraf etishda strategik fikr yuritamiz. Sabab – ta’sir munosabatlarini aniqlaymiz va oqilona qarorlar qabul qilamiz.

“Nobel”da biz natijaga diqqat jamlagan holda ishlaymiz. Bizning kompaniyamiz toʻgʻri rejalashtirishni amalga oshiradi va bozor sharoitlariga mos ravishda muqobil stsenariylarni ishlab chiqadi. Muammolarni hushyorlik bilan baholaymiz va har doim samarali hal qilamiz.

Biz “Nobel” da koʻnikmalarni rivojlantiramiz. “Nobel” a’zolarining karyera oʻsishlarini qoʻllab-quvvatlaymiz. Bizning kompaniyamiz murabbiylik va ustozlik amaliyotidan mukammal foydalanadi, konstruktiv maslahatlar oladi va beradi. Muvaffaqiyatlarni ragʻbatlantiramiz, xodimlarimizning uzluksiz taʻlimini qoʻllab-quvvatlaymiz.

Bizlar “Nobel”da hamkorlikni mustahkamlaymiz. Barcha xodimlarimiz bir-biriga oʻzaro hurmat koʻrsatadigan ijobiy biznes muhitida ochiq muloqot yaratamiz.