Korporativ masʻuliyat

Korporativ masʻuliyat
Jamiyat, sogʻliqni saqlash, taʻlim va sanʻatni rivojlantirishga yordam beruvchi ijtimoiy masʻuliyat tadbirlarida ishtirok etish “Nobel İlaç” korporativ masʻuliyatdorligining ustuvor tushunchalaridan hisoblanadi.

Bir kun Bosh Mudir (CEO)

Odgers Berndtson tomonindan amalga oshirilgan va dunyoda 12 yildan beri olib borilayotgan “Bir kun Bosh mudir” dasturi, biznes olamida muhim loyiha hisoblanadi, chunki mazkur dastur nasllar oʻrtasida empatik aloqalarga va tushunishga imkoniyat yaratib, yangi nasil menedjerlariga juda muhim tajriba beradi. Mazkur dasturni boshidan qoʻllagan, dori sohasidagi yagona namoyondasi boʻlgan “Nobel İlaç” korxonasining bosh mudiri Hakan Shahin Turkiyada ish hayotiga doir munozaralarni oʻrkazgan holda mana 2 yildirki, oʻz tajribalarini talabalar bilan oʻrtoqlashmoqda.

TMOK (Turkiya Milliy Olimpiada Qoʻmitasi) Fair Play Universitetlar karvoni

Turkiya Milliy Olimpiada Qoʻmitasi, Turkiyaning har bir mintaqasini aylanib, universitet talabalariga “Fair Play” va uninig hatti-harakat tarzini tushuntiradigan “Fair Play Universitetlar Karvoni” 2014 yildan beri amalga oshirilib kelinmoqda. Sportchilarning sogʻligiga yoʻnaltirilgan mahsulotlari bilan bu sohaga foydali hissa qoʻshayotgan “Nobel İlaç”, Turkiya Milliy Olimpiada Qoʻmitasi “Fair Play Universitetlar Karvoni”ga bosh homiy boʻlib “Yaxshiroq, toʻgrʻiroq, chiroyliroq” fikrini kelajak sportchilariga yetkazishda yordam bermoqda. “Fair Play” tushunchasi sportning barcha yoʻnalishlarida tatbiq qilinishi uchun sarflangan mehnatda sherik ekanimizdan gʻururlanamiz.

IMSV (Istanbul Madaniyat Sanat Vaqfi)

“Nobel” kompaniyasi “Sogʻlik – hammasidan beqiyosdir” ishonchi bilan faoliyat koʻrsatgan holda hayot tarzi sifatini oshirish” vazifasini ado etar ekan, “Sanʻat uchun beqiyos” tushunchasi bilan ushbu festivalni keng ommaga tanishtirilishini qoʻllab quvvatlamoqda.

Qizil Yarim Oy Jamiyatida Qon donorligi

"Sogʻlik uchun hammasi beqiyos” tamoyiliga amal qilgan holda, yarim asrdan koʻproq vaqt mobaynida amalga oshirayotgan korporativ ijtimoiy mas’uliyat tadbirlari orqali jamoat salomatligini qoʻllab-quvvatlashni koʻzlagan “Nobel İlaç”, Qizil Yarim Oy Jamiyati (Qizil Oy) qon topshirish, shu jumladan oʻzak hujayralarni topshirishni qamrab olgan kampaniyasini 3 yildan beri davom ettirmoqda. “Nobel İlaç”ning xodimlari “Qon va oʻzak hujayralari donorligi bilan hayotni saqlab qolish har tomonlama beqiyosdir” tamoyiliga koʻra, Qizil Yarim Oy Jamiyatiga ixtiyoriy ravishda oʻzak hujayralar va qon topshirish bilan yordam bermoqda.

“Pushti yuk mashinasi” loyihasi

«Nobel İlaç» kompaniyasi bilan Funksional va Ayollar urologiyasi sohasida faoliyat olib boruvchi “Kontinans” Jamiyati bilan hamkorlikda muayyan yoshdagi ayollarda koʻp uchraydigan siydik tuta olmaslik muammosi boyicha xabardorlikni orttirish maqsadida amalga oshirilgan “Pushti Yuk Mashinasi” loyihasi, 2016 yilning may oyida va 2017 yilning may oyida amalga oshirildi. Stressga bogʻliq siydikni tuta olmaslik holatining davolanadigan kasallik ekanligini ommaga tushuntirishni maqsad qilgan mazkur loyihada 9000 dan ortiq ayolga maʻlumot berildi.

TEGV (Turkiya Taʻlim Xayriya Fondi) «Koʻngil och, Oʻqi, Gigiyena» nomli Taʻlim Xayriya Dasturi

“Nobel İlaç” kompaniyasining sogʻlom turmush tarzi xabardorligini erta yoshdan rivojlantirish kerak deb hisoblagan, “Koʻngil och, oʻqi, gigiena” nomli oʻquv dasturida ixtiyoriy oʻqituvchi sifatida qatnashishga qaror qilgan xodimlari boshlangʻich taʻlim maktab yoshidagi 7 sinfdagi 120 oʻquvchiga infektsiyaning oldini olish boʻyicha darslar oʻtkazishdi. 114 mamlakatda 169000 aʻzosi boʻlgan va jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarga va rivojlanishlarga hissa qoʻshish maqsadida yoshlarning yetakchilik, tadbirkorlik koʻnikmalarini va ijtimoiy masʻuliyat hissini rivojlantirishni maqsad qilgan Xalqaro yoshlar palatasi (JCI) “Nobel İlaç”ning ushbu oʻquv dasturini “2016 yil Xalqaro Korporativ ijtimoiy javobgarlik” mukofotiga loyiq koʻrdi.

«Qiymatli Qalblar» Dasturi

Har yilning 29 sentabrida “Jahon Yurak kuni” nishonlanadi. Shu tarzda yurak va qon-tomir kasalliklariga diqqat qilish, yurak salomatligi toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish va yurak salomatligini yaxshilash faoliyatlariga oʻz hissamizni qoʻshishni moʻljallaganmiz.

Mazkur loyiha doirasida Mardin shahri, Yeshilli tumanidagi Koyunlu qishlogʻining boshlangʻich talim maktabi va bogʻchasidagi kichkintoylar bilan uchrashgan “Nobel İlaç” kompaniyasining bir guruh xodimlari ularga salomatlikni saqlash toʻgʻrisida qisqa maʻlumotlar berishdi. “Nobel” bu loyiha doirasida kompaniya ichida boshlagan “Qiymatli Qalblar” nomli xayr-ehson kampaniyasini kichkintoylar bilan baham koʻrdi.

Har xodim uchun bir koʻchat

“Nobel İlaç” va Oʻrmonchilik Vazirligining hamkorligida yuritilgan “Har xodim uchun bir koʻchat” tadbirida xodimlarning koʻmagi bilan 2 000 ta koʻchat ehson qilish ishlari amalga oshirildi. Beykoz Bozhane Qishlog׳ida Qora dengiz sohillarida “Nobel” xodimlari oilalari bilan birgalikda ishtirok etgan mazkur tadbir orqali daraxtlar ekildi, “Nobel Hotira Oʻrmoni” yozuvi bilan korxonamiz nomi abadiylashtirildi.