Biotexnologiyalardagi strategik ustunligimiz

Biotexnologiyalardagi strategik ustunligimiz
“Nobel İlaç” firmamiz biotexnologiyalarni strategik ustunlik oʻlaroq koʻrmoqda. Bu sohada 2005 yilaa Turkiyada mahalliy dori kompaniyalari orasida birinchi bor “Interferon Alfa” moddasining II-Faza klinik tadqiqotları bilan odim otgan boʻlib, oʻz sarmoyasi bilan boshlagan biotexnologik tadqiqotlarini davlat koʻmagi bilan davom ettirgan.

2015 yil “Nobel İlaç” va Turkiya Biotexnologya sektori uchun keskin oʻzgarishlar yili boʻldi. “Nobel İlaç” 28 loyiha va 21 firma ichidan 10 million AQSh dollarilik yordam nazarda tutilgan “KAMAG-1007” loyihasiga loyiq deb topilgan yagona firma boʻldi. Bu loyiha tufayli davlat koʻmagi bilan biosimilar boʻyicha birinchi milliy loyiha (BIOSIM-1) boshlab yuborildi. Keyinchalik 2016 yilda TUBITAK jamiyati yordami va Bilkent Universiteti bilan hamkorlikda boshlagan rekombinant bi-mAb loyihamiz Turkiyaning ilk biotexnologik asl molekula ishlab chiqish loyihasi boʻldi.

«Nobel İlaç» ishlab chiqarayotgan yuqori darajada qoʻshimcha qiymatga ega dori-darmon mahsulotlarini mahalliy va xalqaro bozorga olib chiqishi, Turkiyada dori sektoridagi tahsqi savdo tanqisligining qoplanishiga oʻz koʻmagini koʻrsatmoqda.

Jahon banki tashkilotları guruhiga kiruvchi IFC (Xalqaro Moliya Korporatsiyasi) Turkiyaning teran va 100% mahalliy sarmoyali dori-darmon firmasi boʻlgan “Nobel İlaç’ga biotexnologik dori ishlab chiqarish faoliyatlari uchun 25 million AQSh dollariga teng investisiya qildi. TÜBITAK ushbu investisiya dasturini ham moddiy, ham texnik yordam bilan qoʻllab-quvvatlamoqda.

«Nobel İlaç» biosimilyar dori sohasiga investisiyalari bilan bir qatorda, original biotexnologik molekula ishlab chiqishga eʻtibor qaratib, ham korxonaning, hamda Turkiyaning xalqaro raqobat kuchini orttirishni maqsad qilgandir.

«Nobel İlaç»ning biotexnologiya sohasiga investisiyasi 3 ta turli korxonada ilmiy tadqiqot boʻlimi va 10.000 L ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalardan tashkil topadi.

Biotexnologiya sohasida mahalliy ishlab chiqarishni amalga oshirish va yangi molekulalarni ishlab chiqish maqsadida hozirda «Nobel İlaç»ning Tubitak Marmara Texnopark hududida montaj ishlari tugallangan GMP/GLP standart talablariga mos korxonalarida, birinchi navbatda oʻlkamizning ehtiyojlari uchun innovatsion va qoʻshimcha qiymati yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarishimiz bilan Turkiyadagi bu sohadagi boʻshliqni toʻldirishga mahalliy sarmoya bilan yordam berishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz.